AsosiyShou-biznes

"Ichkarida"gi Eylam — Damla Jolbay

'"Ichkarida"gi Eylam — Damla Jolbay'ning rasmi

“Ichkarida” nomli turk seriali ko`pchilikning ko`nglidan joy olib ulgurdi. Shunday ekan serialda rol ijro etgan aktyorlarining hayoti ham ko`pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Cerialning bosh qahramonlari bilan tanishtirgan edik. Bugun ham ushbu serialda rol ijro etgan boshqa aktyorlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bolalik

Damla Jolbay — 1993 yil 14 yanvar kuni Izmirda tug`ilgan. “U san`atga bolalikdan qiziqadi. Maktabda o`tkaziladigan barcha tadbirlarda faol edi. Sahnalashtiriladigan spektakllarda asosan bosh rollarini ijro etardi” , -deydi Damlaning onasi Jolbay xonim. Ulg`aygach u hech ikkilanmay Dokuz Eylul nomidagi universitetining tasviriy san`at bo`limiga o`qishga kirdi. Aktrisa shu yo`nalish bo`yicha magistraturani ham tamomlagan.

Kinoga ilk qadam

“Hayotdagi hech narsa shunchaki sodir bo`lmasligiga bir necha bor amin bo`lganman. Masalan, men oddiy tomoshabin sifatida televideniega borib bu olamga bog`lanib qolganman” deydi aktrisaning o`zi. Gap shundaki, u universitetning ikkinchi bosqichida, teleshouda ishtirok etib, taniqli rejissyor nazariga tushgan.

Aktrisa o`zining birinchi rolini “Nopok pullar va ishq” serialida ikkinchi darajali Demet rolini gavdalantirgan. 2015 yil esa “Hayot mo``jizalarga boy” serialining bosh roliga taklif etishadi. Aynan shu serialda Inji rolini ijro etib, aktrisa ancha tilga tushganini intervyularida ko`p bora tilga oladi. “Inji menga haqiqiy mashhurlikni bergan. Hayotdagi xarakterimga mos bo`lgan rolni o`zim ham maroq bilan ijro etanman, bu esa ekranlarda sezilgan” deydi u. 2016 yilda esa u navbatdagi muvaffaqiyatli shartnomani imzoladi. Damla “Ichkarida” serialidagi Eylam roli bilan boshqa davlatlardan ham muxlislar orttirdi. Damla serialda aktyor Aras Bulut Iynemlining sevgilisi rolini o`ynagan. Aytib o`tish joizki, “Ichkarida” seriali 2016 yilning eng reytingi baland seriallaridan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar