AsosiyShou-biznes

Zohirshoh Jo`raevning do`stlari nega bevafolik qildi?

'Zohirshoh Jo`raevning do`stlari nega bevafolik qildi?'ning rasmi

Ijoddagi “ildiz”i ulug` ajdodlarning dunyo tamaddunida o`rin topgan asarlaridan “suv ichib”, qaddi hayotning dovul va izg`irinlariga dosh berolgan ijodkor Zohirshoh Jo`raev, jurnalist Sadoqat Allaberganova bilan bo`lgan suhbatda do`stlar hiyonati haqida so`zladi.

Zohirshoh Jo`raev: — Tan olaman, avvallari oilamga u qadar e`tiborli emasdim. Oshna-og`aynilar orttirib, o`tkinchi narsalarga o`ralashib qolgan ekanman. Biror marta ham o`sha “do`stlar”im bir soatda yo`q bo`lib qolishi haqida fikrlab ko`rmabman. Ishonasizmi, men uchun og`ir bo`lgan kunlarda “do`stman” deb yurganlarning birortasi yonimda qolmadi. Bu ham menga yaxshigina saboq bo`ldi. Bu voqealar yigirma yil keyinroq yuz berganida menga qiyin bo`lardi. “Do`stlar”im ayni fursatida sinovdan o`tdi. Yaxshi-yomon kuningda oilangdagilardan boshqasiga kerak emas ekansan, shuni angladim. Shukr, oila-a`zolarim borligi uchun shuncha vaqt oyoqda mustahkam turoldim.

    Boshqa yangiliklar