AsosiyDunyo

Kanalizasiya qudug`iga yiqilgan erkak 3 kun er tagida qolib ketdi

'Kanalizasiya qudug`iga yiqilgan erkak 3 kun er tagida qolib ketdi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning London shahri chekkasida kanalizasiya qudug`iga tushib ketib, uch kun yuqoriga chiqa olmagan odam qutqarildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Er tagidan baqirayotgan odam ovozini eshitgan mahalliy aholi zudlik bilan shoshilinch xizmatga qo`ng`iroq qilishdi. Polisiyachilar kanalizasiya lyukini ochib, jabrlangan erkakni yuqoriga chiqarishdi.

“Erkak loyga botgan, hatto oyog`ida poyabzali ham yo`q edi”, dedi voqeaga guvoh bo`lgan ayollardan biri. 48 yoshli erkakning aytishicha, u ochiq turgan lyukka tushib ketgan. Yuqoriga ko`tarilishning ilojini topolmagach, boshqa chiqish eshigini qidirgan. U uch kun mobaynida er tagida o`n kilometr yo`l bosgan.

London shahar kanalizasiyasiga javobgar bo`lgan Thames Water kompaniyasi vakillari erkakning so`zlariga shubha qilmoqda. Ularning fikricha, erkak qutqarilgan joyidan bir yarim kilometr uzoqlikda bo`lgan oqava suv quvuri orqali kanalizasiyaga tushgan.

    Boshqa yangiliklar