Sog`lom ovqatlanishni tashkil etish bo`yicha Britaniya mutaxassislari olma sirkasini muntazam iste`mol qilish infarkt va insult kabi og`ir kasalliklarga chalinish xavfini sezilarli ravishda pasaytirishini aniqlashdi.
Birmingemdagi Aston universiteti olimlari 30 ml olma sirkasini bir stakan (200 ml) suvda aralashtirib, ovqatlanishdan oldin muntazam ichib borishni tavsiya etishmoqda. Bu yo`l bilan qondagi xolesterin miqdori 13% ga kamayadi. Bu ko`rsatgich insonda yurak-qon tomirlari kasalliklari kelib chiqishi ehtimoli bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liqdir.
Olma sirkasi nafaqat insult va infarkt kelib chiqishining oldini oladi, u shuningdek, butun inson organizmida ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`ladi: bu tabiiy mahsulot inson vazni kamayishiga – kishining ozishiga sabab bo`ladi, artritdan paydo bo`lgan og`riqni engillashtiradi va hatto terini turli xil dog`lardan tozalaydi.
Lekin badanida mavjud bo`lgan yuqori miqdordagi xolesteringa qarshi dori-darmon iste`mol qilib yurgan kishilarga sirkaning foydasiga ishonib, tabletkalar iste`mol qilishni to`xtatish tavsiya etilmaydi. Bu dori emas, kasalliklar oldini olishda qo`shimcha tabiiy vositadir, deb ta`kidlaydi mutaxassislar.