1

Shavkat Mirziyoev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi

Siyosat 17.02.2018, 11:20
Shavkat Mirziyoev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi

Davlatimiz rahbari 17 fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu markaz 2017 yil 30 dekabrda foydalanishga topshirilgan. Bu erda yoshlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib 16 to`garak tashkil qilingan. 800 o`rinli majlislari zali, konferensiya va kino zallari, xodimlarning xizmat xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Prezidentimiz markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bajarilgan ishlarni yuqori baholab, bu erda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlarni birlashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1