AsosiyShou-biznes

Shoxruhxonning romantik ruhdagi konserti qanday o`tdi?

'Shoxruhxonning romantik ruhdagi konserti qanday o`tdi?'ning rasmi

Hushovoz va minglab muxlislarning sevimli xonandasi Shoxruhxon «Istiqlol» san`at saroyida «Yoningdaman» nomi ostida yangi konsert dasturini taqdim etdi. Xonanda muxlislarini nimalar bilan shod etgani haqida Kunutun nashri fotoreportaj tayyorladi. Batafsil quyida tanishing.

Konsert dinamik musiqa va raqqoslar jamoasidan taqdim etilgan raqslar bilan boshlandi.

alt

Va xonanda sahnada «Aldamadim» taronasini ijro etgan holda muxlislari qarshisida paydo bo`ldi. Qo`shiq jarang sochgan vaqt esa zal bo`ylab «muhabbat farishtalari» muxlislarga xonanda singari o`z mehrlarini ulashdi.

altalt

Sahna bu safar uchta geometrik shakldagi ekranlar bilan jihozlanganligini ko`rish mumkin bo`ldi.

altalt

Juda ham tortinchoq xonanda bu safar muxlislari bilan butun konsert davomida samimiy muloqatda bo`ldi.

alt

Dasturning birinchi qismida Shoxruhxonning barchamizga yaxshi tanish qo`shiqlar jarang sochdi. Ular qatorida «Qo`g`irchoq», «Aprel-may», «Menga farqi yo`q», «Nima qilish kerak» taronalari kuylandi.

alt

Qo`shiqlar aranjirovkasi yangicha talqinda bo`lib, «Komila qiz» ispancha uslubda taqdim etildi.

alt

Har bir qo`shiqqa Zlotnikov Dance Centre va «Tumor» raqs ansambllari go`zal raqslar va sahna ko`rinishlarini ijro etishdi. Xonanda ham ulardan qolishmagan holda sahnada erkin harakatlanib, raqsga tushdi.

altalt

Shoxruhhon muxlislarini bu yilgi duetdoshlari bilan hayron qoldirdi. Konsertning ikkinchi qismi Nilufar Usmonova bilan «Barcha shodlik senga bo`lsin» duet tarona bilan boshlandi. Ijodkorlar ishtirokida oilaviy hayotdan sahna ko`rinishi ham taqdim etildi. Pozitiv ruhdagi qo`shiq barchaga manzur bo`ldi.

alt

Opera xonandasi Jenisbek Piyazov bilan ijodiy hamkorlik, Shoxruhxonning muxlislariga butkul kutilmagan sovg`a bo`ldi. Ikki iste`dod ijrosidagi «Sog`inib»qo`shig`i barcha sog`ingan qalblar uchun bag`ishlandi.

alt

Shoxruhxon va Ziyodadan taqdim etilgan «Yig`lama» duet taronasi navbatdagi tuhfalardan bo`ldi.

alt

Xonanda doim ustoz san`atkorlar ijodiga murojaat etib, ular ijodidan qo`shiq kuylaydi. Bu safar xonanda Abdurauf Olimovning «Turfa gullar» qo`shig`ini o`zgacha talqinda ijro etdi.

alt

Qo`shiqdan so`ng, Volidasiga o`g`illik mehrini izhor etgan holda guldasta sovg`a qildi.

Shuningdek, marhum ustoz san`atkor Muxriddin Holiqovning «Qiz bola» qo`shig`ini o`z talqinida ijro etdi. Xonanda bundan avval ham uning bir qancha qo`shiqlarini ijro etgan.

alt

Xonanda barcha kliplarining birinchi tomoshabini Volidasi ekanligini aytib o`tib, «Malikam» qo`shig`iga suratga olingan klipni Volidasi va muxlislariga ilk bora konsertda namoyish etdi.

alt

Xonanda sahnada qo`shiq kuylayotgan vaqtda chiroqlar o`chib qolishi bir zumga barchani shoshirib qo`ydi. Ammo xonanda raqqoslar bilan fonarlardan go`zal ko`rinish va raqs taqdim etishdi.

alt

Xonanda konsertda yangi taronalarini taqdim etishni unutmadi. Ulardan biri «Sevgilim» qo`shig`i bo`ldi.

alt

Shoxruhxon Jahongir Poziljonov bilan esa butun zalni kezib «Boylandim»qo`shiqlarini ijro etdi.

altalt

Albatta doimiy ijodiy hamkori maftunkor xonanda Shahzoda bilan ham Shoxruhxon yangi duet kuyladi. Shoxruhxon, Shahzodani bitta qo`shiqni ijro etib ketishga yo`l qo`ymay, «Shoshma» duet taronalarini ham ijro etdilar.

alt

Konsert mehr-muhabbatga to`la va samimiy ruhda o`tdi.

altalt

Konsertning ilk kunida shou-biznes vakillaridan Davron Kabulov va rafiqasi, Sharq guruhi, Sanjar Holiqov, boshlovchi Laziza Nozimxonova, Xusan Juraev, Oyxon Iforzoda va Shox Alimovichlar konsertga tashrif buyurishdi.

altaltaltalt

Konsertdan barcha suratlarni bizning fotohisobotda ko`rishingiz mumkin.


Boshqa yangiliklar