1

AQSh Kongressi Xitoy bilan urush olib borish uchun tayyorgarlik ko`rishga chaqirmoqda

Dunyo 18.02.2018, 17:19
AQSh Kongressi Xitoy bilan urush olib borish uchun tayyorgarlik ko`rishga chaqirmoqda

AQShning Avstraliyadagi yangi elchisi etib tayinlangan admiral Garri Xarris kongressdagi nutqida Xitoy bilan urushga faol tayyorgarlik ko`rishi kerakligi xaqida aytib o`tdi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Admiralning so`zlariga ko`ra, Xitoy o`z xarbiy qudratini jadal sur`atda oshirib bormoqda. Yaqin vaqt ichida XXRning armiyasi janubiy-Xitoy dengizida o`z qudrati bo`yicha Amerikani ortda qoldirishi mumkin.

Xarrisning aytishicha, AQSh xolatga to`g`ri baxo bermaganini va xavfni pisand qilmayotganini, siyosatchilar urushni bartaraf qilish uchun bor kuchlari bilan harakat kilashlari, lekin unga tayyorgarlik ham ko`rishlari kerak. Xavf faktorlari orasida Xarris janubiy Xitoy dengizidagi orollarda Xitoyning ettita xarbiy ob`ektlari qurilayotganini ham sanab o`tdi.

15 fevral kuni Xitoyning AQSh dagi elchisi Suy Tyankay Xitoyga qaratilgan muntazam ta`nalar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1