Janubiy Koreyada XXIII qishki Olimpiya o`yinlari davom etmoqda.
Bugun tog` chang`isi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Komil To`xtaev gigant slalom bahslarida startga chiqdi. Hamyurtimiz birinchi chiqishda 1:17.72 natija qayd etdi. Ikkinchi chiqishda esa 1:18.27 daqiqada marraga etib bordi. Umumiy hisobda 2:35.99 natija ko`rsatgan Komil 110 nafar sportchi ichida 52-pog`onani qayd etdi. U peshqadam sportchidan 17.95 soniya kech finishga kirib keldi.
Gigant slalom bahslari yakuniga ko`ra 2:18.04 natija qayd etgan avstriyalik Marsel Xirsher oltin medalni qo`lga kiritdi. Kumush va bronza medallari mos ravishda norvegiyalik va fransiyalik sportchilarga nasib qildi.