1

O`zidan badbo`y hid chiqargan yo`lovchi tufayli samolyot Venaga shoshilinch qo`nishni amalga oshirdi

Dunyo 19.02.2018, 14:58
O`zidan badbo`y hid chiqargan yo`lovchi tufayli samolyot Venaga shoshilinch qo`nishni amalga oshirdi

Transavia Airlines aviakompaniyasi samolyoti reys davomida meteorizmdan aziyat chekkan yo`lovchi tufayli Venaga rejadan tashqari qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi NTV telekanali.

Telekanalning xabar berishicha, Dubay – Amsterdam yo`nalishi bo`yicha reysni amalga oshirayotgan samolyot yo`lovchisi ustidan dastlab oldinda o`tirgan ikki niderlandiyalik shikoyat qilgan va bu voqea janjal kelib chiqishiga sabab bo`lgan.

Transavia Airlines loukosteri xodimlari undan havoni ifloslantirmaslikni so`rashgan, biroq yo`lovchi bunga e`tibor ham bermagan. Keyinchalik bu jarayonga havo kemasi kapitani qo`shildi, ammo yo`lovchi o`zidan ichak gazi chiqarishda davom etgan. Shunda Vena aeroportiga favqulodda qo`nishni amalga oshirish haqida qaror qabul qilindi.

Samolyot kapitani mahalliy polisiyaga «bebosh yo`lovchi» haqida xabar berdi va layner qo`nganidan so`ng u reysdan chiqarib olindi. Voqeadan jahli chiqqan yo`lovchilar parvozdagi noqulaylik tufayli aviakompaniyani sudga berishni rejalashtirishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1