Bugun Osiyo chempionlar ligasining 2-turida bir qator uchrashuvlar o`tkaziladi.
Mazkur turdan o`rin olgan “Shanxay SIPG” va “Melburn Viktori” o`rtasidagi uchrashuvda hamyurtimiz Odil Ahmedov o`yinning dastlabki daqiqalaridan maydonga tushadi.
Eslatib o`tamiz, mazkur musobaqaning birinchi turida “Shanxay SIPG” safarda Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi.






