1

“Oskar” kimga nasib etadi?

Dunyo 20.02.2018, 19:02
“Oskar” kimga nasib etadi?

AQSh kinoakademiyasi a`zolari nufuzli “Oskar” kinomukofotining g`oliblari uchun ovoz berishni seshanba kuni boshlashadi. Taqdirlash marosimi 4 mart kuni Los-Anjelesda bo`lib o`tadi.

“Eng yaxshi film” nominasiyasi bo`yicha asosiy mukofotga 9 ta kinokartina: “Yo`qol!”, “Ledi Byord”, “Missurining Ebbingidagi chegarada uch bilbord”, “Zulmat zamonasi”, “Suv shakli”, “Xayoliy rishta”, “Meni o`z ismi bilan chaqir”, “Dyunkerk” va “Mahfiy ma`lumotlar” kurash olib boradi.


"Dyunkerk"


"Suv shakli"

"Yo`qol!"


“Eng yaxshi aktrisa”ga esa Salli Xokins (“Suv shakli”), Margo Robbi (“Tonya barchaga qarshi”), Sirsha Ronan (“Ledi Byord”), Meril Strip (“Mahfiy ma`lumotlar”) va Frensis Makdormand (“Missurining Ebbingidagi chegarada uch bilbord”) nomzodlari qo`yilgan.

“Eng yaxshi aktyor” bo`yicha “Oskar” esa Geri Oldman (“Zulmat zamonasi”), Timoti Chalamet (“Meni o`z ismi bilan chaqir“), Deniel Kaluya ("Yo`qol!"), Deniel Dey-Lyuis (“Xayoliy rishta”) va Denzel Vashington (“Roman Izrael, Esq.”)lardan biri g`olib bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1