Rossiya poytaxti Moskva shahrida badiiy gimnastika bo`yicha Gran-Pri musobaqasi bo`lib o`tdi.
Ushbu nufuzli turnirda o`zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishdi. Halqa bilan mashq bajarishning jamoaviy bahslarida O`zbekiston terma jamoasi qizlari munosib ishtirok etib, uchinchi o`rinni qo`lga kiritdilar. Terma jamoamiz safida Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Nilufar Shomurodova, Sofiya Qosimova, Komola Ernazarova va Shohsanam Norbo`taevalar harakat qilishdi. Bahslarda birinchi o`rinni Bolgariya terma jamoasi qizlari egalladi. Ikkinchi o`rin esa mezbonlar - Rossiya terma jamoasi a`zolariga nasib qildi.
Yakkalik bahslarida final bosqichigacha etib borgan Sabina Toshkenboeva esa beshinchi o`rinni egalladi.
Sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz.






