Britaniyalik bokschi WBA va IBF yo`nalishlari chempioni Entoni Joshua xayrli ishga qo`l urdi.
U o`zi boks bilan shug`ullanishni boshlagan ilk sport zaliga avtobus sovg`a qildi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, Finchley ABC deb nomlangan o`sha mashg`ulot zali bugungi kunda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan.
Bundan xabar topgan Joshua zalga jamoaviy mikroavtobus sovg`a qilishga qaror qildi. Avvalroq, Entoni ilk murabbiyi Shon Merfiga BMW 640d M Sport Coupe sport karini sovg`a qilgandi.






