AsosiyDunyo

Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti o`tkaziladi

'Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti o`tkaziladi  'ning rasmi

Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Peter Burian Ostonada Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari sammiti o`tkazilishini olqishladi, u uchrashuvda mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishiga umid bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchilari, shu erda, Ostonada uchrashishadi. Agar yanglishmasam, uchrashuv tez orada, mart oyida bo`lib o`tadi. Ular mintaqadagi hamkorlikni kuchaytirish va mintaqada mavjud tahdidlarga doir masalalarni muhokama qiladilar", — dedi Burian "Evropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo munosabatlarining 25 yilligi: o`tmishdan kelajak sari" mavzuidagi konferensiyaning ochilish marosimida.

Burian integrasiya va hamkorlik juda muhim omillardan biri ekanligini ta`kidladi va "Markaziy Osiyodagi ijobiy o`zgarishlar shamolini" olqishladi.

"Biz bu turdagi qarorlarni olqishlaymiz. Biz istardikki, ularning barchasi bir stol atrofiga yig`ilib, hech qanday hamkorlarsiz ustuvor masalalarni birgalikda muhokama etishsa, va ehtimol, oldinda turgan chaqiriqlarni engib o`tish uchun o`zlarining shaxsiy mintaqaviy strategiyalarini rivojlantirishlari mumkin edi", — dedi u.

2017 yilning noyabrida Qozog`iston TIV rahbari Kayrat Abrahmanov Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchilarining norasmiy maslahatlashuvi 2018 yilning mart oyida, mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboev raisligida o`tkazilishi mumkinligi to`g`risida xabar qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar