22 fevralga o`tar kechasi noma`lum erkak AQShning Chernogoriyadagi elchixonasi binosiga bir nechta granata otdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Elchixona binosini portlatmoqchi bo`lgan erkak shundan so`ng o`zini portlatib, o`z joniga qasd qilgan. Chernogoriya hukumatining Twitter ijtimoiy tarmog`ida xabar berilishicha, shaxsi aniqlanmagan noma`lum erkak portlovchi qurilmani elchixona binosiga qarata otgagach, voqea joyiga polisiya xodimlari etib kelgan.
AQSh elchixonasi o`z saytida amerikaliklardan diplomatik missiya tumaniga maxsus amaliyot tufayli hozircha kelmaslikni so`radi.






