AsosiyDunyo

Vladimir Putin O`zbekiston delegasiyasi bilan uchrashadi

'Vladimir Putin O`zbekiston delegasiyasi bilan uchrashadi'ning rasmi

Bugun, 22 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada "Vatan himoyachisi" kuniga bag`ishlangan, bir necha xorijiy mamlakatlar delegasiyalari taklif etilgan tantanali kechada ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

"Davlat Kreml saroyida Vladimir Putin tantanali kechaga taklif qilingan Armaniston, Venesuela, Qozog`iston, Qatar, Mo`g`uliston, Serbiya, O`zbekiston, Belarus, Ozayrbayjon va Qirg`iziston delegasiyalari rahbarlaribilan uchrashadi va Rossiya Qurolli kuchlarining harbiy va fuqaro xizmatchilarini, veteranlarini kelayotgan bayram bilan tabriklaydi", — deyilgan rasmiy xabarda

23 fevral kuni Rossiyada «Vatan himoyachisi kuni» keng nishonlanadi.

    Boshqa yangiliklar