1

Nafaqaxo`r giyohvand modda bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 22.02.2018, 17:15
Nafaqaxo`r giyohvand modda bilan qo`lga tushdi

Farg`ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug`ullangan shaxslarning qilmishlari fosh etildi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Uchko`prik tumani Yoyilma qishlog`ida yashovchi B.Alimov nafaqa yoshida bo`lsa ham, uyida tinchgina o`tirmadi. U Qo`qon shahrida “maxsus xaridor”ga 250 ming so`m pul evaziga bir dona gugurt qutisida vazni 13, 41 gramm “marixuana” giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda ushlandi. Uning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, omborxonasidan sellofan paketda sof og`irligi 767 gramm “marixuana” giyohvand moddasi saqlab kelinayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Qo`shtepa tumanida o`tkazilgan tadbir davomida Qoraqushchi mahallasida istiqomat qiluvchi O.Kenjaevning xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Uyining tom qismida bir dona 3 litrli shisha idishda va bir dona qora sumkada 430 gramm “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Rishton tumani Amirobod qishlog`ida yashovchi I.Xoldorovning xonadoni erto`lasida 1 litr hajmdagi elim idishda, yashil rangli, o`tkir hidli quritilgan giyohvand moddasini saqlab kelayotgani aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, u sof og`irligi 326 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi ekan.

Mazkur holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1