AsosiyDunyo

Teleboshlovchi ko`rsatuv mehmoni bilan to`g`ridan-to`g`ri efirda mushtlashdi (Video)

'Teleboshlovchi ko`rsatuv mehmoni bilan to`g`ridan-to`g`ri efirda mushtlashdi (Video)'ning rasmi

Rossiyaning NTV telekanalida to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilayotgan “Mesto vstrechi” teledasturida ko`rsatuv boshlovchisi Andrey Norkin va ukrainalik politolog Dmitriy Suvorov o`rtasida mushtlashuv yuzaga keldi, deya xabar qildi News.day.az nashri.

Ko`rsatuv davomida Donbassdagi vaziyat muhokama etilayotgandi. Ukrainaning sharqida bo`lgan nemis deputati Andreas Maurer studiyada regiondagi jangovor harakatlar tufayli bolalar halok bo`layotganini aytadi. Suvorov o`lgan bolalarning fotosuratlarini ko`rsatishni talab qilib, haqorotomuz so`zlarni tilga oladi. Boshlovchi Andrey Norkin politolog yoniga kelib, uning elkasidan ushlaydi va o`rtada yoqalashuv ro`y beradi. Janjalga boshqalar ham aralashib ketdi.

Boshqa yangiliklar