AsosiyDunyo

Hind jarrohlari dunyodagi eng katta miya o`simtasini olib tashlashdi

'Hind jarrohlari dunyodagi eng katta miya o`simtasini olib tashlashdi'ning rasmi

Hindistonlik jarrohlar 31 yoshli yigitning boshidagi 1,8 kilogrammli o`simtani olib tashlashdi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

31 yoshli Santala Palaning boshida bundan uch yil ilgari shish paydo bo`lib, u tez o`sa boshladi. U uchta kasalxonaga boradi, biroq shifokorlar o`simtani olib tashlashdan bosh tortishdi. O`simta tufayli yigit ko`r bo`lib qoldi, biroq shifokorlar endi uning ko`zlari ochilishiga umid qilishmoqda.

Agar o`simta olib tashlanmaganda, miya faoliyatiga jiddiy ta`sir qilib, tana falajligi yuzaga kelishi mumkin edi.

“Bemorning batamom tuzalib ketishi uchun vaqt kerak, endi hech narsa uning hayotiga xavf solmaydi, bunday tibbiy hodisalar favqulodda muhimdir” - dedi neyrojarroh Trimurtni Nadkarni.

Shifokorlarning ta`kidlashicha, Santalaning boshidan olingan o`simta dunyodagi eng katta o`simta hisoblanadi. Operasiya 14 fevral kuni Mumbay shahrida o`tkazilib, u 6 soat davom etdi. Jarrohlar operasiya tugab, u muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilganiga ishonch hosil qilmagunlariga qadar bu haqda ma`lumot berishmadi.

    Boshqa yangiliklar