Fransiya prezidenti EmmanyuelMakron Sergey Prokofevning 1 martda namoyish etiladigan “Petya va bo`ri” musiqali ertagidagi rollardan birini ijro etadi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mamlakatning milliy gvardiyasi orkestri ham spektaklda ishtirok etadi. Fransuz etakchisining rafiqasi Bridjit Makron tadbirga tashkilotchisi hisoblanadi. Ayni paytda prezident aynan qaysi rolni o`ynashi oshkor etilmagan.
Bolalar uchun mo`ljallangan “Petya va bo`ri” simfonik ertagi Sergey Prokofev tomonidan 1936 yilda yozilgan. Ertakda Petya va bo`ridan tashqari chol, qushcha, mushuk, o`rdak va ovchi personajlari ham mavjud.






