Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida Qishki olimpiya o`yinlarining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi.
Oq Olimpiadada 15ta sport turi bo`yicha 102ta medallar jamlanmasi o`ynaldi. To`rt yillikning eng nufuzli musobaqasida sayyoramizning 92 davlatidan 2925 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Norasmiy umumjamoa hisobida Norvegiya terma jamoasi jami 39ta medal bilan birinchi o`rinni egalladi. Skandinaviyaliklar 14ta oltin, 14ta kumush, 11ta bronza medalini qo`lga kiritishdi.














