1

Hind kinoyulduzining vafotiga nima sabab bo`lgani ma`lum qilindi

Dunyo 27.02.2018, 15:07
Hind kinoyulduzining vafotiga nima sabab bo`lgani ma`lum qilindi

Bollivud yulduzi – aktrisa Shridevining o`limiga nima sabab bo`lgani aytildi, deb xabar qilmoqda India Today.

25 fevral kuni qarindoshining to`yida qatnashish uchun Dubayga kelgan mashhur hind aktrisasi Shridevi 54 yoshida yuragining to`xtab qolishi natijasida olamdan o`tdi.

O`lim haqidagi guvohnomada ko`rsatilgan ma`lumotlarga ko`ra, Shridevi baxtsiz hodisa natijasida hayotdan ko`z yumgan – u cho`kib ketgan. Ba`zi OAVning aniqlik kiritishicha, aktrisa vannaga yiqilib tushganidan so`ng yuragi to`xtab qolgan. Shuningdek iddao etilishicha, Shridevining qonidan alkogol izlari topilgan.

Shridevi 50 yillik ijodi davomida 300 ta filmda suratga tushgan. 2013 yilda Hindistonning nufuzi jihatidan to`rtinchi o`rinda turuvchi Padma Shri oliy mukofoti bilan taqdirlangan.

Shridevining Bollivuddagi debyuti – 1979 yilda tasvirga olingan “16chi bahor” filmidagi rolidir. 1983 yilda esa u “Shok” filmida suratga tushib, Hindiston kinosanoatida o`z izini qoldirdi.

Aktrisa vafoti munosabati bilan Bollivud yulduzlari va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hamdardlik bildirishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1