1

Shavkat Mirziyoev tashrifiga tayyorgarlikni shaxsan Rahmonning o`zi nazorat qilmoqda

Dunyo 27.02.2018, 16:25
Shavkat Mirziyoev tashrifiga tayyorgarlikni shaxsan Rahmonning o`zi nazorat qilmoqda

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifiga oid tashkiliy masalalar shaxsan prezidenti Imomali Rahmon nazoratiga olingan, dedi Tojikistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy O`zAga bergan intervyusida. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.

Imomiy Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochishini ta`kidladi.

Elchi ikki davlat o`rtasidagi savdo aylanmasi so`nggi bir yilda 80 foiz oshganini va yaqin ikki yil ichida bu ko`rsatkichni yiliga 500 million dollarga etkazish ko`zda tutilayotganini aytib o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Tojikiston prezidenti matbuot xizmati O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 9-10 mart kunlari Dushanbega davlat tashrifi bilan kelishini ma`lum qilgandi.

Davlat tashrifi davomida o`nlab muhim hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1