1

Qamoqdan endigina chiqqan germaniyalik shahzoda tomdan yiqilib, vafot etdi

Dunyo 27.02.2018, 18:19
Qamoqdan endigina chiqqan germaniyalik shahzoda tomdan yiqilib, vafot etdi

Gogensollerlar sulolasidan bo`lgan germaniyalik shahzoda Karlos Patrik Godxard Frankfurt shahrida 39 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, u Intercontinental lyuks mehmonxonasining 21 qavatida joylashgan ayvon tomidan yiqilish oqibatida vafot etgan. Hozircha voqea tafsilotlari haqida to`liq ma`lumotlar yo`q. Shahzoda o`z joniga qasd qilishda gumonlanib, boshqa aybdorlar qidirilmayapti.

Ma`lum bo`lishicha, firibgarligi uchun 4 yil qamoqda o`tirgan Karlos Patrik yakshanba kuni qamoqxonadan ozod etilgan. Jazo muddati iyul oyida to`liq tugashi lozim bo`lgan.

Shahzoda Karlosga otasidan bir necha million dollar turuvchi san`at asarlari kolleksiyasi meros bo`lib qolgan edi. Keyinchalik u bir biznesmen bilan Germaniyada lyuks brendlarni rivojlantiruvchi yangi kompaniyaga asos solgandi. 2011 yilda yirik hisobni to`lamaganligi uchun unga to`rt oylik shartli jazo tayinlangan. 2014 yilda esa qog`ozda bor-u, amalda yo`q ko`p millionli jamg`arma uchun ozodlikdan mahrum etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1