1

Uch oyoqli it ayolni o`z joniga qasd qilishdan asrab qoldi

Dunyo 27.02.2018, 18:31
Uch oyoqli it ayolni o`z joniga qasd qilishdan asrab qoldi

Uch oyoqli it 51 yoshli Mikael Fildni o`z joniga qasd qilishdan asrab qoldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Fild uzoq yillar mobaynida Elers-Danlos sindromi kasalligidan aziyat chekib keldi. Ahvoli og`irlashgach, dard uni engayotganligini his qildi. Mikaelning aytishicha, u divanda o`tirib, o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lganda uch oyoqli iti Niki kuch bilan turtib yuborgan.

«Kutilmaganda Niki panjalari bilan qo`limga qattiq urdi. U ilgari hech qachon bunday qilmaganidan shok holatiga tushdim. Itim o`zining bu harakati bilan xayolimdagi o`z jonimga qasd qilish fikrini batamom o`chirib yubordi. Uning ko`zlariga qarab, Nikini yolg`iz qoldirib ketishim insofsizlik bo`lishini angladim», dedi ayol.

Mikael depressiyaga tushib qolganida, shifokorlar unga it boqib olishni tavsiya qilishgan. Ayol olti oy ilgari avtofalokat oqibatida bir oyog`idan ajralgan Nikini boqish uchun olgan. Niki hech qaerda ta`lim olmaganiga qaramay, ayolning turli ruhiy zo`riqishlarlarni engishida katta yordam berib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1