Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo`yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Hamyurtimiz Elmurat Tasmuradov -63kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib, Osiyo chempionligini qo`lga kiritgani haqida xabar qilgandik.
Undan tashqari -130 kg vazn toifasida gilamga chiqqan polvonimiz Mo`minjon Abdullaev ham finalgacha etib bordi. Afsuski, hal qiluvchi jangda Abdullaevga biroz omad etishmadi va u eronlik Aliakbar Mehdizodaga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shu tariqa, sportchimiz Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandi.
Ma`lumot uchun, Abdullaev bungacha ikki marotaba Osiyo chempionatida bronza medalini qo`lga kiritgan.





