Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida yunon-rum kurashi bo`yicha Osiyo chempionati start olganligi haqida xabar qilgandik.
Riodagi Olimpiya o`yinlarida sovrindor bo`lgan kurashchimiz Elmurat Tasmuradov bugun Bishkek shahrida ham o`zining nimalarga qodir ekanligini isbotladi.
Hamyurtimiz hal qiluvchi final jangida qirg`izistonlik Urmat Amatovni 8:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Ma`lumot uchun, ushbu chempionlik Tasmuradov uchun Osiyo chempionatidagi to`rtinchi oltin medaldir. Elmurat bungacha Nyu-Deli (2013), Astana (2014) hamda Doha (2015) shaharlarida o`tkazilgan Osiyo chempionatlarida oltin medallarni qo`lga kiritgan. 2012 yilda Kumida o`tgan qit`a birinchiligida esa u kumush medal bilan kifoyalangandi.






