1

AQSh harbiy bazasida xatni ochgan 11 kishi jabrlandi

Dunyo 28.02.2018, 15:32
AQSh harbiy bazasida xatni ochgan 11 kishi jabrlandi

AQShning Vashington shahridan biroz uzoqlikda jyolashgan harbiy bazada konvertdagi xatni ochgan 11 kishi jabrlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea Arlington okrugida ro`y berdi. Uch nafar harbiy qo`l va yuz terisining qichishishidan, bir kishi burnidan qon kelayotganidan shikoyat qilgan. Konvertni ochgan va ushlaganlarning barchasi kasalxonaga yotqizildi.

FQR bilan hamkorlikda tergov ishlari olib borilmoqda. Voqea yuz bergan binodagi barcha xodimlar evakuasiya qilindi. Ayni paytda harbiy bazada kundalik vazifalar bajarilmoqda, ish yo`lga qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1