Ozoda Nursaidova 2006 yilda “Istiqlol” san`at saroyida so`nggi konsert dasturini taqdim etgach, umuman ko`rinmay qolgan edi…
Vanihoyat? xonanda yana o`z muxlislarini konsert dasturi bilan hursand etishga qaror qildi. Faqat konsert dasturi O`zbekistonda emas, Turkiyaning Istanbul shahrida bo`lib o`tadi. 1 aprel kuni 60 kishilik orkestr bilan o`tadigan jonli ijrodagi konserti, xorijdagi hamyurtlarimiz uchun haqiqiy bahoriy sovg`a bo`lishi aniq.