“Boylar ham yig`laydi” teleserialida boo` qahramon obrazini gavdalantirgan aktyor Roxelio Gerra 82 yoshda Meksida olamdan o`tdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Teatr, kino, televidenie va dublyaj aktyori Roxelio Gerraning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolariga ta`ziya izhor etilgan.
Roxelio Gerra o`z karerasini 1958 yilda boshlagan bo`lib, yuzdan ortiq kinoloyihalarda ishtirok etgan. “Boylar ham yig`laydi” teleserialidagi Luis Alberto roli uni dunyoga tanitgan edi.







