AsosiyDunyo

Meksikada venesuelalik model qiz vahshiyona tarzda o`ldirildi

'Meksikada venesuelalik model qiz vahshiyona tarzda o`ldirildi'ning rasmi

Meksikaning Ekatepeke shahri chekkasidan 26 yoshli model qizning qiynab o`ldirilgan jasadi topildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qizning yuziga kislota sepilgan va u tanib bo`lmas darajaga kelgan. Qiz asli venesuelalik bo`lib, Meksikada model bo`lib ishlagan.

Bu Meksikada ro`y berayotgan ilk holat emas. 2017 yilning dekabr oyida argentalik model qiz ham xuddi shu tarzda o`ldirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar