Telefon chaqiruviga Qur`on qiroatini qo`ysa bo`ladimi?

Hidoyat sari 02.03.2018, 11:28
Telefon chaqiruviga Qur`on qiroatini qo`ysa bo`ladimi?

Hindiston Islom akademiyasi – “Dor ul-ulum Devband” telefonlarga rington va chaqiruv musiqasi o`rniga Qur`on oyatlari qo`yish mumkin emas degan fatvo chiqardi va bu bilan Saudiya Arabistoni ulamolarning ayni masaladagi fikrini qo`llab-quvvatladi.

“India.com” saytida muftiy Orif Kozimiyning intervyusi keltirilib, unga ko`ra ulamo fatvoni sharhlagan, deb yozadi O`MI Matbuot xizmati.

“Telefon hojatxonada jiringlab qolishi mumkin. Bunday vaziyatda Qur`on oyatlari yoki azonni eshitish Islom qonunlariga ziddir. Arabistonmi, Hindistonmi yoki er yuzining boshqa nuqtasimi – Islom hamma joyda bir. Shu sababli Saudiya Arabistonida chiqarilgan fatvo bu erda ham muhim”, dedi shayx Kozimiy.

“Bundan tashqari, odamlar ko`pincha telefonga javob berish uchun oyatni yoki azonni yarmidan uzib qo`yadilar. Bu mumkin emas, bu xuddi birov Qur`on tilovat qilayotgan yoki azon aytayotganda, uni to`xtatib qolish bilan teng. Shuningdek, muqaddas Kalomning nopok joylarda yangrashiga yo`l qo`yib bo`lmaydi”.

Ushbu masalada dunyoning ko`plab ulamolari bir xil fikr bildirganlar. Bunga qo`shimcha ravishda eshik qo`ng`iroqlariga ham Qur`on oyatlaridan foydalanish ham nojoiz ekanligi aytilgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1