Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida o`tkazilayotgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz muvaffaqiyatli odimlarini davom ettirmoqdalar.
Musobaqaning ayollar kurashi bo`yicha o`tayotgan bellashuvlarda finalga qadar barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratgan Nabira Esenbaeva chempionatning kumush medaliga sazovor bo`ldi.
Osiyo chempionatining bugungi bahslarida besh nafar qizlarimiz ishtirok etadi.
Eslatib o`tamiz, Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bo`yicha o`tgan bellashuvlarda Elmurat Tasmuradov oltin, Mo`minjon Abdullaev va Rustam Assakalov finalgacha barcha polvonlarni engib kumush medal sohibiga aylangan bo`lsa, Islomjon Bahromov, Mirzobek Rahmatov va Aram Vardanyan bronza medali bilan taqdirlandi.
02.03.2018 18:55
Osiyo chempionati hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli o`tmoqda






