Venesuelaliklar o`tgan yili o`rtacha 11 kg.dan vazn yo`qotishdi, chunki bugungi kunda aholining deyarli 90 foizi nochor yashamoqda, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Ayni vaqtda 1970 yillarda Lotin Amerikasining eng boy davlatlaridan biri hisoblangan Venesuela bir qancha sabablarga ko`ra iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Bu esa oziq-ovqat etishmovchiligi, giperinflyasiya va boshqa jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda va aholining noroziligiga sabab bo`layotir.







