Butun dunyo bo`yicha eng ko`p sayyoh tashrif buyuradigan ob`ektlardan biri, 17-asrga tegishli maqbara – Tojmahal asta-sekinlik bilan vayron bo`lib bormoqda, deya xabar qilmoqda Globalist.org.ua nashri.
Majmuani asrab-avaylash maqsadida uni YuNESKOning jahon merosi ob`ektlari ro`yxatiga kiritishgan. Yaqinda Tojmahal devorlarida yoriqlar aniqlandi. Olimlar bunga yaqindan oqib o`tadigan Jamna daryosining sayozlanishi sabab bo`lganini aytmoqda. Sayozlangan daryo esa shunga olib keladiki, tuproq tuzilishida o`zgarishlar yuz beradi, va er cho`kishi kuzatiladi.






