AsosiySport

“Paxtakor” o`z maydonida g`alaba qozondi

'“Paxtakor” o`z maydonida g`alaba qozondi'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy chempionati Superligasida 1-tur uchrashuvlari o`tkazilmoqda.


2.JPG

Musobaqaning 1-mart kunidagi uchrashuvlarida Navoiy shahrida "Qizilqum" va Toshkentning "Lokomotiv" jamoalari o`rtasidagi uchrashuvi 0:3 hisobida yakunlangan bo`lsa, Farg`onada o`tkazilgan "Neftchi" va "Nasaf" klublar o`rtaisdagi o`yinda hisob ochilmadi.

Kecha, 2-mart kuni “Paxtakor” jamoasi o`z maydonida “So`g`diyona”ni 2:0 hisobida engdi. Mazkur uchrashuvda Sherzod A`zamov va Ismoil Gonsalvesh raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

3.JPG

4.JPG

Bugun, 3 mart kuni “Buxoro» – “Qo`qon-1912” va “Bunyodkor” – “AGMK” jamoalari o`zaro raqobatlashadi.

Eslatib o`tamiz, yangi mavsumda O`zbekiston Superligasida o`n ikkita jamoa ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar