AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada haftalik ish soati qisqartiriladi

'Janubiy Koreyada haftalik ish soati qisqartiriladi'ning rasmi

Janubiy Koreya parlamenti mamlakatda tug`ilish darajasini oshirish uchun haftalik ish soatini qisqartirish uchun ovoz berdi.

Shu tariqa bundan bo`yon mamlakat fuqarolari haftasiga ko`pi bilan 52 soat ishlashadigan bo`lishdi. Solishtirish uchun aytish kerak, koreyslar hozirga qadar haftada 68 soat mehnat qilishiga to`g`ri kelayotgan edi.

Qonunchilikka kiritilayotgan bu boradagi o`zgartishlar shu yilning iyul oyidan kuchga kiradi va dastavval davlat idoralari hamda yirik tashkilotlar ishchi-xodimlari uchun amal qiladi. Keyinroq esa qolgan kompaniyalarda ham shunday tartib joriy etiladi.

Eslatib o`tamiz, ish vaqtini qisqartirish mamlakat rahbari Mun Je Inning saylovoldi va`dalaridan biri edi. Mazkur qaror, hukumat a`zolari fikricha, 80-90-yillardagi iqtisodiy o`sish davrida mamlakatda yuzaga kelgan tug`ilish sonining keskin qisqarib ketishi va bu ko`rsatkichning tobora kamayib borishi muammosini bartaraf etishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar