Yangi Zelandiya kontrrazvedkasi birinchi bor qirolicha Elizaveta II hayotiga qilingan tajovuz haqida ma`lumot berdi. Hodisa 1981 yili, ushbu mamlakatga tashrif chog`ida yuz bergan ekan. 17 yoshli Kristofer Lyuis qirolichaga qarata 22 kalibrli quroldan o`q otgani aytilmoqda. Elizavetaning taxtiga, o`q tegmagan.
Mamlakat hukumati bugungi kungacha tajovuz ma`lumotlarini yashirib kelgan. Tergov hujjatlari sir saqlanardi va faqatgina tajovuz qilgan shaxsning familiyadoshi yanvar oyida bu haqida gapira boshlaganidan so`ng ish yuzasidan ma`lumotlar omma e`tiboriga havola etildi.
Ofiser Tom Lyuisning so`zlariga ko`ra, voqeaning tafsilotlarini aniqlashning imkoni yo`q. Ushbu ish bo`yicha ko`plab hujjatlar yo`q qilib yuborilgan.






