AsosiyDunyo

"Do`stlik" nazorat-o`tish punktidagi tirbandliklarga barham beriladi

'"Do`stlik" nazorat-o`tish punktidagi tirbandliklarga barham beriladi 'ning rasmi

Qirg`iziston bosh vaziri Sapar Isakov hukumatga O`zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o`tish punktidagi tirbandliklarga barham berish bo`yicha topshiriq berdi. Bu haqda Qirg`iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Isakov respublika bosh vaziri o`rinbosari Dair Kenekeev bilan uchrashuvda odamlar oqimining keskin oshganligi bois nazorat-o`tish punktida vaziyatni tartibga solish kerakligini ta`kidladi.

Kenekeev hukumat rahbariga vaziyatni hal qilish uchun ko`rilgan choralar haqida hisobot berdi. Uning ma`lum qilishicha, "Do`stlik" nazorat-o`tish punktining o`tkazish salohiyati 1,7 baravarga oshirilgan va hozirda sutkasiga 7 mingdan ortiq kishi o`tishi mumkin. Pasport nazorati uchun qo`shimcha to`rtta kabina o`rnatilmoqda.

"Jamoat tartibi saqlanishiga, nazorat punktida va davlat chegarasidan o`tayotganda fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashga e`tibor qaratish zarur", — dedi bosh vazir.

Isakov bosh vazir o`rinbosariga vaziyat bilan tanishish uchun respublika janubiga borish bo`yicha topshiriq berdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston-Qirg`iziston chegarasidagi "Do`stlik" chegara o`tkazuv punkti 2017 yil 6 sentyabr kuni ochilgandi. ikki davlat fuqarolarining tijorat faoliyati keskin o`sgani bois keyingi vaqtda "Do`stlik" nazorat-o`tkazish punktida chegaradan o`tuvchilar oqimi oshgan.

    Boshqa yangiliklar