1

Chimkentlik avtohavaskorlar ayollarni 8 mart bayrami bilan original tarzda tabriklashdi

Dunyo 05.03.2018, 02:34
Chimkentlik avtohavaskorlar ayollarni 8 mart bayrami bilan original tarzda tabriklashdi

Chimkentlik avtohavaskorlar ayollarni 8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan antiqa tarzda tabriklashdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Ular mashinalarni qator qilib tergan holda “8 mart” deb yozishdi va videorolik suratga olishdi. Rolik tagida “Bahor, go`zallik va nafosat bayrami bo`lmish 8 mart bilan tabriklashga ijozat bergaysiz! Qalbingizni iliqlik, yorug`lik tark etmasin. Ilk qaldirg`ochlar uyingizga baxt va omad olib kelsin!” deb izoh qoldirishdi.

Bu ularning ilk syurprizi emas, Yangi yilda avtohavaskorlar mashinalardan archa yasashgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1