AsosiySport

"Barselona" sobiq futbolchisi Xavi nima uchun O`zbekistonga kelmagani ma`lum bo`ldi (foto)

'"Barselona" sobiq futbolchisi Xavi nima uchun O`zbekistonga kelmagani ma`lum bo`ldi (foto)'ning rasmi

Xabaringiz bor, bugun Qarshi shahrida OChL 3-turi doirasida "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Qatar klubi Qarshiga 3 mart kuni charter reys bilan uchib keldi. Delegasiya orasida jamoa sardori afsonaviy futbolchi Xavi yo`q edi, deb yozadi "Olamsport" nashri.

Hozir esa ispaniyalik maestro aynan qanday jarohat sabab yurtimizga kelmaganini fotofakt orqali keltiramiz.

Payshanba kuni Qatar chempionati doirasida "Al Duhayl" bilan uchrashuvda Xavi oyog`ining orqa mushagidan jarohat olgan. Bu haqda klub matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida Xavi oyog`ining mushaklarida og`riq sezgan va uning o`rniga Akrom Afif maydonga tushirilgan. Keyinchalik futbolchi klub shifokorlari yordamida tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va uning mushaklarida jiddiy jarohat borligi aniqlandi. Uning to`liq safga qaytishi uchun 3 hafta vaqt kerak bo`ladi.


"Al Sadd" matbuot xizmati Xavining oyog`iga qon aylanishni yaxshilovchi va oyoq mushaklarini massaj qiluvchi maxsus moslama qo`yilayotgan suratlarni chop etdi.

    Boshqa yangiliklar