1

AQShning Turkiyadagi elchixonasi vaqtincha yopildi

Dunyo 05.03.2018, 13:21
AQShning Turkiyadagi elchixonasi vaqtincha yopildi

AQShning Anqaradagi elchixonasi 5 mart kuni xavfsizlikka tahdid sababli tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo`ladi. Bu haqda elchixona saytida ma`lum qilingan.

“Anqaradagi elchixona AQSh fuqarolarini elchixona 5 mart kuni xavfsizlikka tahdid sababli yopiq bo`lishidan ogohlantiradi”, deyilgan xabarda.

Elchixona aynan qanday tahdid mavjud ekanligini o`z rasmiy veb saytida e`lon etilgan bayonotida ochiq ma`lum qilmagan.

Elchixonaga 2013 yilning 1 fevralida hudkush hujum qilingan edi. Hujum oqibatida elchixona qo`riqchilaridan biri halok bo`lgan.. Mazkur portlash uchun mas`uliyatni Turkiyadagi “Xalq ozodligi inqilobiy jabhasi” deb nomlangan so`l radikal partiya o`z zimmasiga olgan.

Elchixona qachon qayta ochilishi hozircha noma`lumligini, bu to`g`risida qo`shimcha ma`lumot berilishini ham ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1