1

Sharqiy Gutaga insonparvarlik yuklari ortilgan avtokarvon etib bordi

Dunyo 05.03.2018, 16:56
Sharqiy Gutaga insonparvarlik yuklari ortilgan avtokarvon etib bordi

Evronyusning xabar berishicha, 5 mart kuni yuklar Suriya hukumat armiyasining qamaldagi hudud yaqinidagi so`nggi blok postidan o`tgan. BMT hodimlari gumanitar yukni kerakli joygacha olib borish va tarqatishga bir necha soat kerakligini va kechgacha Sharqiy Gutani tark etishning iloji bo`lmasligini qayd etishgan.

Sal avvalroq, BMT tomonidan Sharqiy Gutada Suriya hukumat kuchlari harbiy amaliyotni boshlagandan keyin qancha odam halok bo`lgani va jarohatlanganlar soniga oid xisobotini e`lon qilgandi. Unga ko`ra, joriy yil 18 fevralda boshlangan jangovar harakatlar oqibatida 600 ga yaqin kishi qurbon bo`lgan, 2 ming kishi esa yaralangan. Bu haqda BMTning Suriyadagi inqiroz bo`yicha gumanitar yordami koordinatori Panos Moumsis ommaviy axborot vositalariga ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1