1

O`zbekistonda ilk bor harbiy teatr tashkil etildi

Madaniyat 05.03.2018, 17:48
O`zbekistonda ilk bor harbiy teatr tashkil etildi

O`zbekiston Mudofaa vazirligi Ma`naviyat va ma`rifat markazi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiyasi — “Turon” tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar beradi.

Mazkur teatr studiyasi nafaqat harbiylar va ularning oilasiga, balki barcha fuqarolar uchun birdek xizmat ko`rsatadi. 100-120 kishiga madaniy hordiq ulashuvchi “Turon” teatri tarkibidan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan aktyorlar Saida Rametova va Karim Mirxodiev, taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor Sayfiddin Meliev, Feruza Sobitova, Elmira Rahimjonova kabi o`zbek xalqining sevimli ijodkorlari joy olgan.

Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati tomonidan ma`lum qilinishicha, “Turon” teatri o`zining ilk premerasini 8 martdan keyin “Jaloliddin Manguberdi” spektakli orqali ochishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, aynan shu spektakl bilan teatr aktyorlari O`zbekiston bo`ylab gastrol safarlarini uyushtiradi. Shu bilan birga, teatr repertuaridan “Bibixonim”, “To`maris”, “Bir kunlik baxt” singari spektakllar ham o`rin olgan.

Ushbu teatr-studiyasi 14 – 19 may kunlari Sharqiy harbiy okrug (Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari), 28 may – 2 iyun kunlari Shimoli-g`arbiy harbiy okrug (Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati), 11 – 16 iyun kunlari Markaziy harbiy okrug (Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari), 25 iyun – 20 iyul kunlari Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi (Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)da joylashgan Mudofaa vazirligi xarbiy qism va muassasalarida gastrol safarlarida bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1