AsosiySiyosat

​“Fan to`g`risida” qonun loyihasida qator davlatlar tajribasi inobatga olindi

'​“Fan to`g`risida” qonun loyihasida qator davlatlar tajribasi inobatga olindi'ning rasmi

“Fan to`g`risida” qonun loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo`yildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida AQSh, Fransiya,Germaniya, Koreya, Rossiya kabi qator davlatlar tajribasi inobatga olingan.

8 bob va 42 moddadan iborat bo`lgan qonun loyihasida ilmiy jamoatchilikni ijtimoiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlash nazarda tutilmoqda.

Masalan, falsafa doktori yoki fan nomzodi kabi unvonlarga ega bo`lgan holda davlat muassasalarida ishlayotgan xodimlarga oylikdan tashqari eng kam ish haqining ikki va uch baravari miqdorida ustama haq to`lanadi. Oylikdan tashqari to`lanadigan ustamadan soliqlar olinmaydi.

Bundan tashqari ish staji 5 yildan kam bo`lmagan ilmiy xodimlarga yashash sharoitini yaxshilash yoki uy qurish uchun imtiyozli ravishda er uchastkalari berilishi ham qayd etilgan.

Muhokamada qatnashish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/documents/2102

    Boshqa yangiliklar