CLICK tizimiga yangi xizmat ulandi.
Endi CLICK foydalanuvchilari «TAXI 1052» taksi chaqirish xizmatini chaqirib, o`zlari va yaqinlari uchun yo`l xaqini komissiyasiz o`z mobil telefonlaridan hamda plastik kartalari hisobidan to`lashlari mumkin.
Yo`nalish xaqini to`lash uchun dispetcher yoki taksi haydovchisiga o`zingizning CLICK-ID yoki CLICK tizimiga ulangan telefon raqamingizni aytishingiz zarur. Hisob kompaniya tomonidan aytilgan raqamga kiritiladi. Uni to`lash uchun foydalanuvchi USSD-menyuga kirib, aytilgan hisob tafsilotlarini tekshirishi va tasdiq kodini terib to`lashi kerak, deya xabar beradi UT nashri.
To`lov CLICK tizimiga ulangan mobil telefon orqali *880# USSD buyruqni tergan holda to`lanadi. Ta`kidlash joizki, tizimdan foydalanishda Internetga kirish yoki qo`shimcha mobil ilova bo`lishi shart emas.
To`lovlarni shuningdek my.click.uz saytidagi “Shaxsiy xona” yordamida ham amalga oshirish mumkin.