Saudiya Arabistonida ilk bor ayollarning marafon yugurish musobaqasida ishtirok etishiga ruxsat berishdi.
Mamlakat tarixidagi ilk marafon yugurish musobaqasida 1500 nafarga yaqin nozik xilqat vakilalari ishtirok etishdi. Turnir tashkilotchilari birinchi galda e`tiborni sog`lom turmush tarziga qaratishgan.
Ishtirokchilar 3 km masofani bosib o`tishdi. Yakunda Mizna Al-Nassar belgilangan masofaga 15 daqiqa sarflab, turnir g`olibasiga aylandi. Avvalroq, ayollarning futbol tomosha qilish uchun stadionlarga kelishiga ruxsat berilgandi.






