Kaliforniya shtatida Forsaj 7 filmining suratga olish jarayoni avjida. G`arb matbuoti ushbu filmni Malibu sohillarida suratga olish jarayoni tushirilgan suratlarni taqdim etishmoqda. Suratlarda Vin Dizel, Mishel Rodriges, Jordana Bryuster va boshqa mashhur aktyorlar aks etgan.
Golliduv aktyorlaridan tashqari filmda marhum Pol Uokerning ukalari Kaleb va Kodi ham ishtirok etishmoqda. Ular Universal Pictures kinokompaniyasiga ushbu filmda bosh rollarni ijro etib kelgan akasi Pol Uoker obrazida namoyon bo`lib, filmni tugatib qo`yishga yordam berishmoqda.
Eslatib o`tamiz, Pol Uoker 2013 yilning 30 noyabr kuni avtohalok qurboni bo`lgan edi. Uokerning o`limidan so`ng Universal Pictures filmni suratga olish ishlarini noma`lum muddatga qoldirilgani haqida bayonot bergan. Pol Uoker filmning deyarli 60 foizini yakunlagan. "Forsaj"ning navbatdagi qismi taqdimoti 2015 yilning 10 apreliga mo`ljallangan.