1

Britaniya shaxzodasi Charlz Putin haqida aytgan fikriga tushuntirish berishdan bosh tortdi

Dunyo 23.05.2014, 11:16
Britaniya shaxzodasi Charlz Putin haqida aytgan fikriga tushuntirish berishdan bosh tortdi

Rossiyaning Britaniyadagi elchixonasi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi shaxzoda Charlzning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning siyosati to`g`risidagi aytgan gaplarini tushuntirib berishdan bosh tortgani uchun afsusda. 

Avvalroq, Britaniya OAVlarida Shaxzoda Charlz Vladimir Putining Ukrainaga nisbatan siyosatini Adolf Gitler siyosati bilan taqqoslagan edi. The Daily Mail nashrining xabariga ko`ra, shaxzoda ushbu gapni aytganida, bir necha kishi va jurnalistlar bo`lgan.  

22 may kuni Rossiya va Buyuk Britaniya TIV vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Rossiya elchixonasi vakili Moskva ushbu vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot kutayotganini ma`lum qildi, biroq Britaniya tashqi ishlar vazirligi vakili Shon Makleod ushbu voqea yuzasidan tushuntirish berishdan bosh tortib, Ukraina masalasida Buyuk Britaniyaning o`rni haqida gapirgan. 

Rossiya Buyuk Britaniya hukumatidan shaxzoda Charlzning Rossiya prezidenti haqidagi aytgan gaplari uchun rasmiy tushuntirish berishni so`radi, deya xabar berdi RF tashqi ishlar vazirligi vakili Aleksandr Lukashevich.     

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1