Braziliyalik motopoygachi Danilo Berto San-Pauluning Interlagos trassasida bo`layotgan poygada naq ikki marotaba o`limdan qoldi. Bu haqda Ren.tv nashri ma`lum qildi.
Kadrlarda poygachi qanday start olganini ko`rish mumkin. Ammo tezlash muvaffaqiyatsiz chiqqan. Berto raqiblarining yo`liga motosikli bilan ag`darilib tushgan. Boshqa motosikllarning tagida qolib ketmaslik uchun Berto tezgina turib, yo`l chetiga chiqadi, ammo baribir bir raqibi uni turtib ketdi.
Hozirda Berto shifoxonaga yotqizildi. Uning oyog`i singan.






